1

SSV: Ko`z mikroxirurgiyasi markazining maslahat poliklinikasida uzluksiz Call-markaz tashkil etilgan

Salomatlik 14.01.2024, 16:51
SSV: Ko`z mikroxirurgiyasi markazining maslahat poliklinikasida uzluksiz Call-markaz tashkil etilgan

Respublika ixtisoslashtirilgan ko`z mikroxirurgiyasi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi oftalmologiya sohasi bo`yicha yurtimiz aholisiga ixtisoslashgan tibbiy yordamni tashkil etishni muvofiqlashtiruvchi etakchi muassasa hisoblanadi.

Shifoxona 95 o`ringa mo`ljallangan bo`lib, tarkibida kunlik 250 nafar qatnov uchun maslahat-diagnostika poliklinikasi faoliyat ko`rsatadi.

Bugungi kunda bu erda optik koagerent tomografiya-angiografiya, elektroretinografiya, ultratovushli biomikroskopiya, fluoressentli angiografiya kabi 50 dan ziyod zamonaviy tekshiruv usullari amaliyotga tatbiq etilgan.

Shuningdek, bemorlar uchun tashxis qo`yishda:

endotelial mikroskop;

IOL – master;

optik koagerent tomograf;

Pentakam uskunasi;

elektroretinograf kabi ilg`or tibbiy-asbob uskunalardan foydalaniladi.

Poliklinikada bemorlar elektron shaklda ro`yxatga olinib, boshqa tibbiyot muassasalariga elektron yo`llanma berish, fuqarolarni xonadoniga borib ko`rikdan o`tkazish kabi tibbiy xizmatlar yo`lga qo`yilgan.

Qolaversa, muassasada 24 soat uzluksiz faoliyat ko`rsatuvchi Call-markaz tashkil etilgan bo`lib, navbat tizimi to`liq elektronlashtirilgan.

O`tgan 2023 yil maslahat poliklinikasiga 59 ming 677 nafar bemor murojat qilib, 10 dan ziyod yangi diagnostik usullar amaliyotga tatbiq etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1