1

JSST noma`lum epidemiyaga oldindan jiddiy hozirlik ko`rmoqda

Salomatlik 15.01.2024, 11:31
JSST noma`lum epidemiyaga oldindan jiddiy hozirlik ko`rmoqda

COVID-19 pandemiyasi insoniyat uchun saboq bo`ldi. Hozir koronavirus bilan kurashish tajribasiga egamiz. Ammo qurbonlar ko`p bo`ldi va hamon kasallik minglab bemorlar o`limiga sabab bo`lmoqda.  

Mutaxassislar fikricha, kelgusida boshqa patogenlar ham paydo bo`lishi ehtimoli katta. Atrof-muhitdagi o`zgarishlar, ekologik muammolar hamda biologik qurollanish avj olishi buning asosiy omili sifatida baholanyapti.

Shu bois JSST ekspertlari “X” xastaligiga jiddiy tayyorgarlik ko`rish tarafdori. Chunki noma`lum epidemiyaning istalgan paytda paydo bo`lish xavfi mavjud.

17 yanvar kuni Shveysariyaning Davos shahrida o`tkaziladigan Jahon iqtisodiy forumida ana shu masala ham muhokamalar markazida bo`ladi. Unda JSST bosh direktori Tedros Gebreyesus, AstraZeneca" farmasevtika kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Mishel Demare, tibbiy texnologiyalar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan "Philips" kompaniyasi bosh direktori Roy Yakobs va boshqalar ishtirok etishi kutilyapti.

Tadbir saytida qayd etilishicha, “X" kasalligi koronavirusdan 20 barobar xavfliroq asoratlarni keltirib chiqishi mumkin. Shu sababli JSST barcha potensial xavfli patogenlar uchun virusga qarshi preparatlarni oldindan yaratish zarur, degan xulosada.  

Klinik sinovlarga imkon qadar tezroq kirishilsa, epidemiya paytida tajribalarning ikkinchi bosqichi uchun ixtiyorimizda dorilar mavjud bo`ladi. Shu sababli 2022 yil noyabr oyida JSST noma`lum patogenni o`rganish uchun 300 ga yaqin ekspertlar guruhini tadqiqotlarga jalb qilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1