“O`zcharmsanoat” uyushmasi raisi Faxriddin Boboev “Profit Max Plus” kompaniyasi rahbari Li Hong Chang boshchiligidagi delegasiya bilan uchrashuv o`tkazdi.
Muloqotda Xitoy kompaniyasining sarmoyasi asosida jelatin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan korxonani barpo etish bilan bog`liq tashkiliy masalalar muhokama etildi.
Qayd etish kerak, Xitoylik investor Toshkent viloyatining Oxangaron shahrida joylashgan erkin iqtisodiy zonada umumiy qiymati 8 million dollar bo`lgan jelatin ishlab chiqarishga ixtisoslashgan invest loyihani amalga oshiryapti. Shu kunga qadar loyihaning 60 foiz qurilish ishlari o`z nihoyasiga etdi. 2,5 gektar er maydonida amalga oshirilayotgan mazkur loyihaning ishga tushishi bilan oyiga 600 tonna jelatin ishlab chiqarish imkoniyati yaratiladi. Loyiha 2024 yilning 3-choragida ishga tushishi kutilmoqda.
Uchrashuvda loyiha ishga tushishi bilan xom ashyoni yig`ish, to`plash va qayta ishlash bilan bog`liq masalalar muhokama etildi.
Xitoy tomoni mamlakatimizda yana ikkita invest loyihani amalga oshirishga qaratilgan biznes tashabbuslar bilan o`rtoqlashdi, deb xabar beradi “O`zcharmsanoat” uyushmasi matbuot xizmati.






