AsosiyDunyo

Rossiyada O`zbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patent narxlari e`lon qilindi

'Rossiyada O`zbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patent narxlari e`lon qilindi'ning rasmi

Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi 2024 yil uchun Rossiyadagi patent narxlarini e`lon qildi.

Ma`lum qilinishicha, Rossiya Federasiyasi hududida chet davlat, shu jumladan O`zbekiston fuqarolari uchun ishlash huquqini beruvchi patentning oylik to`lovi 2024 yil 1 yanvardan boshlab o`zgargan. Masalan, patent uchun to`lov eng yuqori hudud Yakutiya (12957 rubl), eng past Checheniston (2880 rubl) hisoblanadi.

Xususan, joriy yilda Rossiyaning yirik shaharlari bo`lgan Moskvada 7500 rubl, Sankt-Peterburgda 4600 rubl, Novosibirskda 6386 rubl, Ekaterinburgda 6650 rubl, Qozonda 5892 rublni tashkil etadi.

Eslatib o`tamiz, mehnat migrantlari tomonidan to`lov o`z vaqtida amalga oshirilmasa yoki to`lov miqdori belgilangan summadan kam bo`lsa, patent o`z kuchini yo`qotadi va ish beruvchi bunday xodimga ishlashga ruxsat bergani uchun jarimaga tortiladi.

 Patent narxlarini hisoblash 

    Boshqa yangiliklar