Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o`rinbosari, ustozimiz Islom Jasimov 66 yoshida hayotdan ko`z yumdi. Bu haqda palata rasmiy kanalida e`lon qilindi.
Islom Jasimov 1957 yil 24 martda Toshkent viloyatida tug`ilgan.
1986-2017 yillar davomida prokuratura organlari tizimida mas`uliyatli lavozimlarda faoliyat ko`rsatib kelgan.
1993 yilda “O`zbekiston Respublikasi faxriy yorlig`i”, 2001 yilda «Shuhrat» medali va 2017 yilda «Do`stlik» ordeni davlat mukofotlari hamda 2020 yilda – qonun ustuvorligini mustahkamlashga qo`shgan hissasi uchun “MDH Bosh prokurorlari muvofiqlashtiruvchi kengashining 25 yilligi” medali bilan taqdirlangan.
Savdo-sanoat palatasi jamoasi Jasimov Islom Kazimovichning vafoti munosabati bilan uning oila a`zolari va yaqinlariga chuqur ta`ziya izhor qiladi.
Islom Jasimov so`nggi manzilga 16 yanvar kuni “Islom ota" jome` masjidida peshin namozi vaqtida kuzatiladi.






