O`zbekiston mahallalari uyushmasi ta`sis konferensiyasi bo`lib o`tdi, unda uyushma raisi va uning o`rinbosarlari saylandi.
- O`zbekiston mahallalari uyushmasi raisi lavozimiga Quronboev Qahramon Qo`chqorovich saylandi va shu munosabat bilan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi Yoshlar siyosati departamentining rahbari lavozimidan ozod etildi.
- O`zbekiston mahallalari uyushmasi raisining birinchi o`rinbosari lavozimiga Inog`omov Jovdatxon Sultanovich saylandi. Bunga qadar u O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Toshkent shahar filiali rahbari lavozimida ishlagan.
- O`zbekiston mahallalari uyushmasi raisining o`rinbosari lavozimiga Aslonov Abdullo Ubaydulloevich saylandi. U bundan avval O`zbekiston Liberal-demokratik partiyasi Siyosiy Kengashi Ijroiya qo`mitasi raisining yoshlar va tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari, “Yoshlar qanoti” jamoatchilik Kengashi raisi lavozimida faoliyat yuritgan.
Ma`lumot o`rnida, Uyushma raisi maqomi, tibbiy, transport va maishiy ta`minot sharoitlari bo`yicha Bosh vazir o`rinbosariga tenglashtiriladi.