1

Evropa kengashi Prezidenti O`zbekiston rahbariyatining konstruktiv siyosatini olqishladi

Siyosat 18.01.2024, 19:32
Evropa kengashi Prezidenti O`zbekiston rahbariyatining konstruktiv siyosatini olqishladi

Bryussel shahrida O`zbekiston Prezidentining tashqi siyosat masalalari bo`yicha maxsus vakili Abdulaziz Komilov va Evropa kengashi Prezidenti Sharl Mishel o`rtasida uchrashuv bo`lib o`tdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.

Muloqot chog`ida O`zbekiston–Evropa munosabatlarini siyosiy, savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va madaniy-gumanitar sohalarda yanada rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

So`nggi yillarda ikki tomonlama hamkorlik faollashgani mamnuniyat bilan qayd etildi. Hozirgi vaqtda barcha darajalarda, jumladan, oliy darajada yaqin aloqalar saqlanib qolmoqda. Evropa kengashi rahbarining O`zbekistonga tashrifi, Markaziy Osiyo va Evropa Ittifoqi davlat rahbarlarining ikkita uchrashuvi, o`zaro aloqalar bo`yicha Samarqand konferensiyasi va boshqalar muvaffaqiyatli o`tdi.

Tomonlar o`zaro manfaatli barcha sohalarda ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishga tayyor ekani tasdiqlandi.

Sharl Mishel O`zbekiston rahbariyatining Markaziy Osiyodagi konstruktiv siyosatini olqishladi. Mintaqa va Evropa Ittifoqi o`rtasidagi munosabatlarning barcha ko`lamini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan ushbu sa`y-harakatlar alohida qayd etildi.

Shuningdek, dolzarb xalqaro va mintaqaviy muammolar yuzasidan fikr almashildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1