AsosiyDunyo

OAV: Xillari Klinton turmush o`rtog`i Bill Klinton bilan ajrashmoqda

AQSh prezidentligi saylovlarida mag`lub bo`lgan Xillari Klinton turmush o`rtog`i Bill Klinton bilan ajrashishga ariza berdi. Bu haqda “Lenta.ru” xabar bermoqda.

Sobiq AQSh davlat kotibi Xillari Klintonning advokatlari ajrashish arizasini Nyu-York shtati oliy sudiga topshirdi. 

Er-xotinning ajrashishiga “murosasiz ziddiyatlar” sabab bo`lgani aytilmoqda.   

Er-xotin bir muddat avval alohida yashash va jarimdan so`ng mol-mulkni bo`lishish haqida kelishib olgan edi. 

Xillari i Bill Klintonlar talabalik davrlarida tanishgan. Ular 1975 yilda turmush qurgan. Xillari va Bilning Chelsi ismli qizlari bor. 

AQShda 1998 yilda mamlakatning o`sha paytdagi prezidenti Bill Klinton va Oq Uy xodimasi Monika Levinski o`rtasidagi ishqiy mojarolar ovoza bo`lgandi. O`sha paytda Xillari turmush o`rtog`ini qo`llab-quvvatlagan edi.

Boshqa yangiliklar