1

“O`zbekiston-Xitoy” do`stlik guruhlarini faollashtirish zarur"

Siyosat 24.01.2024, 10:23
“O`zbekiston-Xitoy” do`stlik guruhlarini faollashtirish zarur"

Bugun, 24 yanvar kuni O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Xitoyga davlat tashrifi doirasida Xalq siyosiy maslahat kengashi Butunxitoy qo`mitasi Raisi Chjao Leszi bilan uchrashuv o`tkazdi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar qildi. 

Suhbatda O`zbekiston-Xitoy munosabatlarida yuksak darajaga erishilgani mamnuniyat bilan qayd etilib, bu galgi tashrif har tomonlama strategik sheriklikni kengaytirishga yangi kuchli sur`at bag`ishlashiga ishonch bildirildi.

Keyingi yillarda o`zaro savdo hajmi ikki barobar, qo`shma korxonalar soni uch barobar oshdi.

Hududlararo kooperasiya kengaydi, 22 yanvar kuni Urumchi shahrida bo`lib o`tgan birinchi O`zbekiston-Xitoy hududlar forumining samarali natijalari bundan dalolat bermoqda.

Xitoyning kambag`allikka qarshi kurashish borasidagi tajribasi faol joriy qilinmoqda.

Uchrashuvda mamlakatimiz texnik yo`nalishlar bo`yicha mutaxassislar tayyorlash markazlarini tashkil etish, Xitoyning ijtimoiy himoya va sug`urta, aholiga manzilli yordam ko`rsatish borasidagi tajribasini o`rganishdan manfaatdor ekani ta`kidlandi.

Parlamentlar o`rtasidagi muloqotni kengaytirish va “O`zbekiston-Xitoy” do`stlik guruhlarini faollashtirish zarurligi qayd etildi.

Oliy darajadagi kelishuvlarning amalga oshirilishi ustidan ta`sirchan parlament nazoratini ta`minlashga alohida e`tibor qaratildi.

Madaniy-gumanitar aloqalarni mustahkamlash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

O`tgan yili O`zbekistonda Xitoy madaniyati kunlari o`tkazilgani, ayni paytda Pekinda O`zbekiston madaniyati kunlari doirasida o`tayotgan tadbirlar mamnuniyat bilan qayd etildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1