1

Pekinda Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi

Siyosat 24.01.2024, 17:33
Pekinda Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi

24 yanvar kuni Pekin shahri Tyananmen maydonidagi Xalq yig`inlari uyida davlat tashrifi bilan Xitoyda bo`lib turgan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni rasmiy kutib olish marosimi bo`ldi.

Davlatimiz rahbari sharafiga faxriy qorovul saf tortdi.

Xitoy Xalq Respublikasi Raisi Si Szinpin O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevni kutib oldi.

Etakchilar ikki mamlakat rasmiy delegasiyalari a`zolarini qutladilar.

Harbiy orkestr ijrosida O`zbekiston va Xitoy madhiyalari yangradi.

Faxriy qorovul boshlig`i Prezidentimizga raport berdi. Davlat rahbarlari faxriy qorovul safi oldidan o`tdilar.

Marosimdan so`ng oliy darajadagi muzokaralar boshlandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1