Bugun, 25 yanvar kuni soat 11:30 atrofida Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko`chasida yo`l-trasnport hodisasi sodir bo`ldi. Mazkur holat yuzaisdan Toshkent shahar IIBB YHXB Axborot xizmati rasmiy munosabat bildirdi.
Ma`lum bo`lishicha, 1976 yilda tug`ilgan haydovchi H.K. boshqaruvida bo`lgan BMW rusumli avtomashinasida rul boshqaruvini yo`qotib, yoritgich ustuniga to`qnashib ketgan.
YTH natijasida BMW avtomashinasi haydovchisi hamda 2 nafar yo`lovchilari engil tan jarohati olgan.
Hozirda holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas`ul xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda






