Ushbu hafta oxirida O`zbekistonning bir necha viloyatlarida qor yog`ib, sovuq bo`lishi kutilmoqda.
Gidrometeorologiya Markazi xabariga ko`ra, Qoraqalpog`istonda keskin sovuq tushishi kutilmoqda. Haftaning ikkinchi yarmida yog`ingarchilik bo`lib, yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. 17-19 noyabr kunlari havo harorati tunda —2…-7 darajagacha sovib, kunduzi —2…+3 darajani tashkil qiladi.
Buxoro, Navoiy, Samarqand, Jizzax, Toshkent va Farg`ona vodiysida ob-havo iliqroq bo`ladi. 16-18 noyabr kunlari tunda +3…+8 va kunduzi +12…+17 daraja bo`lishi kutilmoqda. 19 noyabr kuni havo harorati +5…+10 darajani tashkil qiladi, havo o`zgaruvchan bulutli bo`lib, yog`ingarchilik bo`lishi kutilmoqda.
Ayrim hududlarda yomg`ir qorga aylanishi mumkin. Shamol tezligi sekundiga 17-22 metrni tashkil qiladi. Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlarida ham shamol kuchayib, yomg`ir yog`ishi mumkin. 19noyabr kuni havo harorati tunda 0…-5, kunduzi —2…+3 darajani tashkil qiladi.





