1

Senati Raisi Tanzila Narbaeva Buyuk Britaniya Bosh vazirining maxsus vakili bilan uchrashdi

Siyosat 26.01.2024, 14:24
Senati Raisi Tanzila Narbaeva Buyuk Britaniya Bosh vazirining maxsus vakili bilan uchrashdi

Oliy Majlis Senati Raisi, Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo`yicha Milliy komissiya raisi Tanzila Narbaeva Buyuk Britaniya Bosh vazirining Majburiy mehnatga barham berish bo`yicha maxsus vakili Jastin Bedford bilan muzokara o`tkazdi.

Uchrashuvda ijtimoiy-mehnat munosabatlari va aholini ijtimoiy muhofaza qilish sohasidagi ikki tomonlama kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Maxsus vakilga mamlakatimizda ijtimoiy sohalarni qo`llab-quvvatlash maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlar, jumladan, yangi tahrirdagi Konstitusiyada qator ijtimoiy huquqlar belgilangani, majburiy mehnat va bolalar mehnatining har qanday ko`rinishi taqiqlangani, qulay mehnat sharoitlarini yaratishga xizmat qiladigan Mehnat kodeksining yangi tahriri haqida batafsil ma`lumotlar berildi.

Muloqot davomida odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish sohasida o`zaro tajriba almashish, mazkur yo`nalishdagi normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish, zamonaviy qullikka qarshi kurash borasida hamkorlikni yo`lga qo`yish yuzasidan fikr almashildi.

Britaniya tomoni 2023 yil oxirida Odam savdosiga qarshi kurashish va munosib mehnat masalalari bo`yicha Milliy komissiya sifatida qayta tashkil etilgan Odam savdosiga va majburiy mehnatga qarshi kurashish milliy komissiyasining faoliyatini yuqori baholadi.

Tomonlar mehnat munosabatlari sohasida yangi qo`shma loyiha va dasturlarni amalga oshirish, ilg`or texnologiyalardan foydalanish va sohaga innovasion uslublarni joriy etish yo`nalishlarida hamkorlikni yo`lga qo`yishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1