AsosiyJamiyat

Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi

'Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi'ning rasmi

Prezident raisligida uy-joy, qurilish, kommunal xo`jaligi, transport va ekologiya sohalarida amalga oshirilgan ishlar va ustuvor vazifalar yuzasidan yig`ilish boshlandi.  

Yig`ilishda qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuzilishi belgilandi. Ofis:

- qiymati 10 milliard so`mdan yuqori loyihalarni ishlab chiqish jarayonida ularning xavfsizlik va energiya tejamkorlikka javob berishini, qiymati sun`iy oshib ketmaganini loyihachilar bilan birga baholab boradi;

- har yili maktab, bog`cha, tibbiyot, yo`l, ichimlik suvi va issiqlik ta`minoti kabi sohalarning har birida kamida 2-3 tadan namunaviy loyihalar ishlab chiqadi.

Bundan buyon, Loyiha ofisining tavsiyasi bo`lmagan loyiha hujjatlari davlat ekspertizasiga qabul qilinmaydi.

Mutasaddilarga eskirgan 105 ta qurilish normalarini ilg`or xorijiy tajriba asosida qayta ishlab chiqish topshirildi.

Bosh prokuraturaga qurilish materiallari sohasida qazib olishdan tortib, tayyor mahsulotni iste`molchiga etkazishgacha barcha jarayonlarda yashirin iqtisodiyotga chek qo`yish bo`yicha tizim yaratish vazifasi qo`yildi.

Byudjet hisobidan qilinadigan barcha xaridlar Soliq qo`mitasining “E-ombor” platformasi orqali amalga oshiriladigan tartibni joriy qilish, qurilish materiallari klassifikatori elektron platformasini ishga tushirish yuzasidan ham topshiriqlar berildi.

 

    Boshqa yangiliklar