Prezident raisligida yig`ilishida avtomobil yo`llari tizimida eskicha yondashuvlarga barham berish zarurligi ta`kidlandi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Yo`l qurilishida yashirin iqtisodiyot ulushi ancha yuqoriligi qayd etilib, buni nazorat qiladigan Transport inspeksiyasining faoliyati juda sustligi ko`rsatib o`tildi.
Mutasaddilarga yo`l qurilishidagi 40 dan ziyod standart va me`yorlarni Xalqaro muhandis-konsultantlar federasiyasi talablariga moslashtirish, yo`l qurilishi loyihalariga maxsus sertifikatga ega muhandis-konsultantlarni jalb qilish topshirildi.
Bosh prokuratura, transport prokuroriga loyihadan ob`ektni topshirishgacha, shuningdek, ularni ekspluatasiyasi bilan bog`liq barcha jarayonlarda talon-torojlikka chek qo`yish bo`yicha tizim yaratish topshirildi.
Shuningdek, Transport vazirligiga joriy yilda kamida transport vaznini o`lchaydigan 30 ta tarozi o`rnatish choralarini ko`rish topshirildi. Har bir viloyatda avtomobil serqatnov bo`lgan kamida 20 kilometrdan yo`l ekspluatasiyasini xususiy sektorga berish bo`yicha “pilot” loyihalar boshlanishi belgilandi.
29.01.2024 13:53
Prezident avtomobil yo`llari tizimida eskicha yondashuvlarga barham berish zarurligi ta`kidladi






