27 yanvar kuni Misr hukumati tomonidan S gepatitiga qarshi "Sofosbuvir-400mg" dori vositasining navbatdagi partiyasi etkazib berildi. Bu haqda dunyo AA xabar bermoqda.
Umumiy 6720 dona "Sofosbuvir-400mg" dori vositalari O`zbekiston Sog`liqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti tomonidan shifotalab bemorlarga taqsimlanadi.
Ma`lumot o`rnida, Misr hukumati tomonidan 2025 yilga qadar umumiy qiymati 4,2 million dollar bo`lgan jami 800 ming dona S gepatitiga qarshi "Daklatasvir" va "Sofosbuvir", V gepatitiga qarshi "Entekavir" dori vositalarining berilishi bo`yicha kelishuvga erishilgan edi.
Bugunga qadar umumiy qiymati 696 ming AQSh dollariga teng bo`lgan mazkur dori vositalari mamlakatimizga bosqichma-bosqich yuborildi.






