Bugun o`tkazilgan yig`ilishda Prezident Toshkent shahrida tirbandlik katta muammoga aylanib borayotgani qayd etdi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ayrim ko`chalarda ish kunlari o`rtacha 7-9 ballik, ba`zan 10 ballik tirbandliklar kuzatilmoqda, ba`zilariga 2 karra ko`p yuklama tushayotgani ta`kidlandi. Oqibatda kunning tig`iz paytida manzilga borish uchun 2 barobar ko`p vaqt sarflanmoqda.
Bosh vazir o`rinbosari Ochilboy Ramatov va boshqa mas`ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo`yicha takliflar tayyorlashni topshirdi.
"Shaharsozlik va yo`l harakatiga mas`ul barcha bo`g`indagi rahbarlar "Shahar – piyodalar uchun” degan shiorni o`zining asosiy tamoyili qilib olishi shart. Bunda, jamoat transportiga har tomonlama ustunlik berilishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak", – dedi Prezident.
29.01.2024 16:43
Shahar piyodalar uchun bo`lishi, avtomobillar esa hashamatga aylanishi kerak — Shavkat Mirziyoev






