O`zbekiston va Qozog`iston davlatlarini bog`lovchi “G`ishtko`prik” agrofirmasi massividagi 197q, 198q, 200q-konturlarda joylashgan 1,81 gektar qishloq xo`jaligida foydalanilmaydigan davlat zaxirasidagi er maydoni “G`ishtko`prik” chegara postini kengaytirish va loyiha hujjatlari asosida qo`shimcha bino-inshootlar qurish uchun ajratildi. Bu haqda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tegishli qarorni imzoladi.
Shuningdek qarorda, mazkur hududda joylashgan muhandislik tarmoqlarini ko`chirish yoki muhofaza hududini saqlab qolish ishlarini amalga oshirish belgilandi.






