Statistika agentligi ma`lumotlariga ko`ra, o`tgan yili qayd etilgan o`lim holatlarining 61,1 foizi qon aylanish tizimi kasalliklari tufayli sodir bo`lgan.
Xususan, o`limlarning 10,8 foiz - o`simtalar, 5,5 foiz - nafas olish a`zolari, 4,8 foiz - qon aylanish tizimi, 4,1 foiz - yuqumli va parazitar, 1,3 foiz - ovqat hazm qilish a`zolari, 12,4 foiz - boshqa kasalliklar, 4,8 foiz - baxtsiz hodisa, zaharlanish va jarohatlanishlar sabab bo`lgan.
Shuningdek, o`tgan yili quyidagi hududlarda eng ko`p o`lim qayd etilgan:
- Samarqand viloyatida – 19 388 ta.
- Farg`ona viloyatida - 18 658 ta,
- Qashqadaryo viloyatida - 16 424 ta,
- Andijon viloyatida - 15 877 ta,
- Toshkent viloyatida -15 537 ta,
- Toshkent shahri - 15616 ta.






