Respublika hududlarida kuchli shamol va yomg`ir (qor) yog`ishi natijasida ayrim elektr tarmoqlarida kichik nosozlik yuzaga kelgan. Bu haqda Energetika vazirligi axborot xizmati xabar berdi.
Buning natijasida:
- Qashqadaryo viloyatining Ko`kdala, G`uzor, Shahrisabz, Yakkabog`, Kitob va Qarshi tumanlari qisman (jami 5 430 ta iste`molchi);
- Samarqand viloyatining Nurobod, Past Darg`om va Ishtixon tumanlari qisman (jami 3 500 ta iste`molchi);
- Jizzax viloyatining Forish va Sh.Rashidov tumanlari qisman (jami 950 ta iste`molchi) elektr ta`minotidan uzilgan.
Qayd etilishicha, hozirgi vaqtda maxsus brigadalar tomonidan nosozliklarni bartaraf etish ishlari olib borilmoqda.






