“O`zgidromet” xabariga ko`ra, bugun respublika bo`yicha ba`zi joylarda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi, tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° iliq, shimolda 0-5° sovuq bo`ladi.
Poytaxtda biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 3-5° iliq bo`ladi.
Tog` oldi va tog`li hududlarda ba`zi joylarda qor yog`adi, tuman tushadi. Toshkent va Namangan viloyatlarining tog`li hududlarida qor ko`chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba`zi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 0-5° sovuq bo`ladi.






