1

Turkiyada qo`lga olingan firibgarlar O`zbekistonga deportasiya qilindi

Jinoyat 30.01.2024, 22:58
Turkiyada qo`lga olingan firibgarlar O`zbekistonga  deportasiya qilindi

O`zbekiston va Turkiya Ichki ishlar vazirliklari hamkorligida o`tkazilgan navbatdagi tezkor tadbir davomida fuqarolarning ko`p miqdordagi pul mablag`larini firibgarlik yo`li bilan o`zlashtirishda ayblanganlar qo`lga olindi. Bu haqda O`zbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi xabar berdi.

2022 yildan buyon O`zbekiston Respublikasi IIV tomonidan qidiruvda bo`lgan, 1965 yilda tug`ilgan Faxriddin Shakarboev  hamda O`zlashtirish yoki rastrata yo`li bilan talon toroj qilish aybi bilan 2018 yildan buyon qidiruvda bo`lgan 1992 yilda tug`ilgan Xumoyunbek Mardonov joriy yilning 12 yanvar kuni Istanbul shahrida qo`lga olingan edilar.  

Bugun ushbu fuqarolar  O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasi diplomatlari ishtirokida Istanbul aeroportidan O`zbekistonga deportasiya qilindilar.  

Mazkur shaxslarning xatti-harakatlaridan jabr ko`rgan fuqarolar O`zbekistonning Istanbul shahridagi Bosh konsulxonasiga yoki O`zbekiston Respublikasi IIVga murojaat qilishlari so`ralmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1