Joriy yilning 1 fevralidan “Tashabbusli byudjet” loyihasining 2024 yil 1 mavsumi uchun tashabbuslar qoldirish boshlanadi.
Joriy yildan boshlab ovoz berishda sog`lom raqobat muhitini yaratish maqsadida “Bir fuqaro – bir ovoz” tizimi joriy etiladi.
Unga ko`ra, bir shaxsning nomida nechta va qaysi turdagi sim-kartalar bo`lishidan qat`iy nazar ("Uzmobile", "MobiUz", "Ucell" va "Beeline") 1 kishi faqat 1 marta ovoz bera oladi. Ya`ni, boshqa kompaniya raqamidan yana ovoz bermoqchi bo`lganlar adashadi.
Shuningdek, loyihalar tashabbuskorlar, mahalla raisi va faollarining ish sifati yuzasidan roziligi olinganidan keyingina foydalanishga qabul qilish tartibi joriy etilishi kutilmoqda.
" Tashabbusli budjet" jarayonlarini tartibga solish bo`yicha amaldagi tartibga kiritilgan tegishli o`zgartirishlar ko`ra, endilikda:
- " Tashabbusli budjet" jarayonlari "Bir fuqaro – bir ovoz" tamoyili asosida o`tkazilishi;
- Mening yo`lim loyihasi har yili «Tashabbusli budjet» jarayonining birinchi mavsumi bilan birlashtirilgan holda o`tkazilishi;
- loyihalarni saralab olishda shaffoflik va xaqqoniylikni ta`minlash maqsadida Ishchi komissiya yangilangan tarkib asosida shakllantirilishi;
- xarid qilish bilan bog`liq loyihalar tegishli vazirliklar tomonidan tasdiqlangan elektron reestr asosida shakllantirilishi;
- asossiz ravishda loyihalarni rad etish holati kuzatilgan tuman va shaharlarda saralash bosqichi vakolatli organ tomonidan amalga oshirilishi;
- jamoatchilik nazorati doirasida fuqarolar qonun buzilishi holatlari yoki kamchiliklar kuzatilganda Portal orqali «Favqulodda xabar» qoldirilishi va ushbu loyihalar vakolatli organ tomonidan nazoratga olinishi;
- yil yakunlariga ko`ra har yili dekabr oyida Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan «Tashabbusli budjet» jarayonida faollik ko`rsatgan bir guruh fuqarolarni rag`batlantirilishi;
- kamchiliklarga yo`l qo`ygan pudratchilarni "Shaffof-qurilish" tizimining Insofsiz ijrochilarning yagona reestriga kiritilishi bo`yicha taklif kiritilishi kabi o`zgartirishlar nazarda tutilmoqda.






