Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi va Statistika agentligi tomonidan 2023 yil uchun O`zbekistonda kambag`allikni darajasi tahlil qilindi.
Statistika agentligi tomonidan o`tkazilgan 16 mingta uy xo`jaliklari kuzatuvlariga ko`ra, mamlakatimizda kambag`allik darajasi 2023 yil yakunida 11,0 foizgacha pasaydi.
Mamlakatimizda o`tgan yilga nisbatan 3,1 foizga kambag`allik qisqargan. 2022 yil natijalarida kambag`allik darajasi 14 foizni tashkil etgan. Jarayon Jahon banki ekspertlari tomonidan tekshirildi.
Kambag`allikning pasayishi barcha viloyatlarda qayd etildi. Sirdaryo (19,5% dan 13,8% gacha), Andijon (17,4% dan 11,9% gacha) viloyatlari va Qoraqalpog`istonda (19,9% dan 13,7% gacha) sezilarli darajada qisqargan. Minimal o`zgarishlar Toshkent shahri (8,5% dan 7,9% gacha) va Buxoro (11.9% dan 11,8% gacha), Qashqadaryo (12,7% dan 11,5% gacha) viloyatlarida aniqlangan.
Ma`lumot uchun: 2023 yilda jami 4,1 mln aholi, shundan 2,3 mln nafari doimiy va mavsumiy ish o`rinlarida, 112,8 ming nafari haq to`lanadigan jamoat ishlarida, 1,6 mln aholi o`zini o`zi band qilish hisobiga bandligini ta`minlashga erishildi.
Hokim yordamchilari ko`magida 241,3 ming nafar fuqarolarga ijara asosida er maydonlari ajratildi.
“20 ming tadbirkor 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida 6 745 ta tadbirkorlik sub`ektlari bilan 455,0 ming nafar aholini badligini ta`minlash bo`yicha hamkorlik shartnomalari imzolandi.
Shuningdek, 472 mingta oilaviy tadbirkorlik loyihalariga 10 trln. so`m imtiyozli kreditlar va 73 ming nafar ishsiz fuqarolarga 356 mlrd. so`m subsidiya mablag`lari ajratildi.
Mahallabay ishlash asosida 51 mingta mikroloyihalarni amalga oshirilishi natijasida 206 mingta yangi ish o`rinlari yaratildi.
181 ming nafar ishsizlar fuqarolar kasb-hunarga o`qitildi va 183,8 mingta yangi tadbirkorlik sub`ektlari tashkil etildi.
Inflyasiya darajasidan kelib chiqib, 2024 yil uchun hisoblangan MIX (minimal iste`mol xarajatlari) qiymati 621 ming so`mni tashkil etdi. (2023 yil 568 ming so`m).
Kambag`al oilalarni «Individual dastur»lar tuzish orqali 2023 yilda 208 ming oilaning 873 ming oila a`zosi kambag`allikdan chiqarilgan bo`lsa, 2024 yilda kambag`allikdan 150 ming oila (va uning 700 ming oila a`zosi) chiqarilishi rejalashtirilgan.






