AsosiyDunyo

Qirg`iziston mahkumlarni topshirish bo`yicha konvensiyaga qo`shildi

'Qirg`iziston mahkumlarni topshirish bo`yicha konvensiyaga qo`shildi'ning rasmi

Qirg`iziston mahkumlarning jazoni o`zlari fuqarosi bo`lgan davlatda o`tashini nazarda tutuvchi mahkumlarni topshirish bo`yicha xalqaro konvensiyaga rasman qo`shildi. Tegishli farmonni Sadir Japarov imzoladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

“Prezident 2023 yil 20 dekabrda Respublika Oliy Kengashi tomonidan qabul qilingan “Mahkumlarni topshirish to`g`risidagi konvensiyaga Qirg`iziston Respublikasining qo`shilishi to`g`risida”gi qonunni imzoladi - deyiladi bayonotda.

Hujjatda mahkum jazoni ijro etish uchun “boshqa davlatga faqat o`z roziligi va manfaatdor davlatlarning roziligi bilan” o`tkazilishi nazarda tutilgan.

Matbuot xizmatining ta`kidlashicha, ushbu konvensiyaga ko`ra, davlatlar "mahkumlarni topshirish masalalarida maksimal darajada" hamkorlik qilish majburiyatini oladilar.

"Mahkum faqat o`zi fuqarosi bo`lgan davlatga o`tkazilishi mumkin. Konvensiyaga muvofiq har bir ishtirokchi (davlat) o`z konstitusiyasi yoki boshqa qonunlariga muvofiq afv etishi, amnistiya qo`llashi yoki jazoni engillashtirishi mumkin", - deyiladi bayonotda.

    Boshqa yangiliklar