Prezident Farmoni (PF-24-son, 31.01.2024 y) bilan ayrim hujjatlarga o`zgartirishlar kiritildi
Farmonga ko`ra, 2024 yil 1 fevraldan quyidagi nafaqalar miqdori 621 ming so`m etib belgilandi:
- zarur ish stajiga ega bo`lmagan keksa fuqarolarga nafaqa;
- ish staji to`liq bo`lmagan chog`dagi yoshga doir pensiyaning eng kam miqdori qo`shimcha to`lovni hisobga olgan holda;
- o`zgalar parvarishiga muhtoj nogironligi bo`lgan 18 yoshgacha bolalarning parvarishi bilan band bo`lgan bolaning qonuniy vakiliga nafaqa;
- boquvchisini yo`qotganlik nafaqasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun nafaqa (keyingi har bir mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun — 212 000 so`m);
- boquvchisini yo`qotganlik pensiyasi oluvchilarning bir nafar mehnatga qobiliyatsiz oila a`zosi uchun pensiyaning eng kam miqdori.
Mazkur miqdorlar rasmiy eng kam iste`mol xarajatlaridan kelib chiqib belgilangan.






