Quyi Chirchiq tumanidagi “TST Cluster” paxta-to`qimachilik klasterining “Tashkent Cotton Textile” korxonasida paxta tolasini qayta ishlash jarayonida hosil bo`layotgan chang-chiqindilar maxsus filtr va uskunalar yordamida tutib qolinib, presslanmoqda.
Kelgusida presslanayotgan chiqindilar asosida ip o`raladigan konuslar ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
Ma`lumot o`rnida, “Tashkent Cotton Textile” korxonasi Germaniya, Turkiya, Shveysariya, Italiya kabi davlatlardan keltirilgan eng so`nggi zamonaviy, ilg`or texnologik uskuna va dastgohlar bilan jihozlangan. Bu esa amaliyotga chiqitsiz texnologiyalarni joriy qilish, atrof-muhitga tashlanadigan chiqindilarni keskin kamaytirish imkonini beradi.






