Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahrining Bektemir tumanida korxonalardan atmosferaga zaharli gazlar chiqarilayotgani haqida video tarqaldi.
Qayd etilishicha, holat Toshkent shahar Ekologiya boshqarmasi Bektemir tumani inspektorlari tomonidan o`rganilgan. O`rganish natijasida tumandagi «Bekuz kelajak» issiqxonasining filtrlovchi moslamalari nosoz ekanligi, shuningdek, olov yoqishda avtomobil shinalaridan foydalanilganligi, ekologik ekspertizadan o`tmaganligi va «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida»gi qonun talablari buzilganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan issiqxona mas`ul xodimidan tushuntirishi xati olinib, qozonxonani ta`mirlash, maxsus chang-gaz ushlab qoluvchi filtrlarni yangilash hamda avtotransport shinalarini yoqmaslik to`g`risida ogohlantirildi.
Hozirda holat yuzasidan tegishli chora ko`rish va atrof-muhitni ifloslantirganligi bo`yicha hisob kitob ishlari olib borilmoqda.






