Ijtimoiy tarmoqlarda Qozog`iston Respublikasi Almata shahrida yaqin kunlarda 12 ballik zilzila sodir bo`lishi kutilayotgani bo`yicha xabarlar tarqaldi.
FVV tarqalgan xabarlarga munosabat bildirdi. Unga ko`ra, zilzilaning vujudga kelishi mumkin bo`lgan aniq vaqt va joyini prognoz qilish imkoni yo`q.
"Shu sababli FVV fuqarolardan ushbu ma`lumotga asoslanib, xavotirga tushmasliklarini so`rab qoladi.
Shuningdek, FVV Seysmoprognostik monitoring markazi tomonidan olib borilayotgan o`rganishlar natijasiga ko`ra erda anomal zilzilani vujudga keltiruvchi o`zgarishlar yo`qligi ma`lum qilinadi", deyiladi FVV xabarida.






