Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`i bilan Nadirxanova Natalya Suratovna Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori lavozimiga tayinlandi.
U Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Buxoro filiali shoshilinch ginekologiya bo`limi mudiri, Buxoro viloyat perinatal markazi direktori hamda Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi bosh shifokori, direktori kabi mas`ul lavozimlarda ishlagan.
Ma`lumot o`rnida, Prezidentning tegishli qaroriga ko`ra, Respublika ixtisoslashtirilgan akusherlik va ginekologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi, Aholi reproduktiv salomatligi markazi hamda Ona va bola skrining markazi negizida Respublika ixtisoslashtirilgan ona va bola salomatligi ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilgan edi.






