AsosiyJamiyat

Endi 1000 ta umumta`lim maktabida "Smart sinflar" tashkil etiladi

'Endi 1000 ta umumta`lim maktabida "Smart sinflar" tashkil etiladi'ning rasmi

Bugun Maktabgacha va maktab ta`limi vazirligida "Hancom academy" rahbariyati bilan "O`zbekistondagi umumta`lim maktablarida axborot kommunikasiya texnologiyalariga ixtisoslashtirilgan “Smart sinflar” tashkil etish" hamkorlik loyihasini amalga oshirish yuzasidan uchrashuv bo`lib o`tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, "Hancom academy" Bosh direktori Kvan-Xon Li, ijrochi direktori Pak Kinxyon hamda tashkilotning O`zbekistondagi rasmiy vakili Li Sang Il va vazirlik mas`ullari ishtirok etishdi.

️Uchrashuvda, "Hancom academy"  tomonidan maktablarga AKTdan foydalanish, IT kasb yo`nalishlarida to`garaklar tashkil etish maqsadida 2027-yilga qadar 1000 ta o`quv kompyuter sinflari to`plami bosqichma-bosqich tarzda vazirlikka taqdim etilishi ma`lum qilindi.

Shuningdek tomonlar hamkorlik imkoniyatlarining kelgusi qadamlarini ishlab chiqish va rejalashtirish uchun tomonlar o`rtasida Anglashuv memorandumi imzolashdi.

    Boshqa yangiliklar