AsosiyJamiyat

Pedagogning huquqlari, sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`si davlat himoyasi ostida bo`ladi

'Pedagogning huquqlari, sha`ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro`si davlat himoyasi ostida bo`ladi'ning rasmi

“Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun Prezident tomonidan imzolandi.

Qonun bilan pedagoglarning huquqlari, majburiyatlari, faoliyatining asosiy kafolatlari, mehnatiga yarasha haq to`lash, rag`batlantirish va ijtimoiy himoya qilish tamoyillari belgilandi.

Umumiy o`rta ta`lim tashkilotida ilk bor kasbiy faoliyatini boshlayotgan shaxsga bir o`quv yili davriga murabbiylikni amalga oshirish uchun tajribali pedagog biriktiriladi.

Qonunga ko`ra, jumladan, quyidagilar taqiqlanadi:

  •  pedagogni kasbiy faoliyati bilan bog`liq bo`lmagan ishlarga, shu jumladan hududlarni obodonlashtirishga va qishloq xo`jaligi ishlariga jalb qilish;
  •  pedagogdan uning kasbiy majburiyatlariga taalluqli bo`lmagan hisobotlarni va boshqa ma`lumotlarni, shu jumladan bitiruvchilarning bandligi ta`minlanganligi haqidagi hisobotlarni shakllantirishini va taqdim etishini talab qilish;
  •  pedagogning zimmasiga tovar va xizmatlarni sotib olish majburiyatini yuklash, shu jumladan ish haqidan uning yozma roziligisiz tovar va xizmatlar uchun mablag` ushlab qolish.

Ushbu Qonun rasmiy e`lon qilingan kundan e`tiboran kuchga kiradi.

    Boshqa yangiliklar