Prezident tomonidan imzolangan “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonunga ko`ra, quyidagi shaxslarning pedagogik faoliyat bilan shug`ullanishiga yo`l qo`yilmaydi:
- qonuniy kuchga kirgan sud hukmiga muvofiq pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish huquqidan mahrum etilgan shaxslar;
- qonunchilikda belgilangan tartibda sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb topilgan shaxslar;
- pedagogik faoliyatni amalga oshirishga to`sqinlik qiladigan kasalliklari bo`lgan shaxslar;
- psixiatriya yoki narkologiya muassasalarida hisobda turgan shaxslar.
Qasddan sodir etilgan jinoyat uchun ilgari sudlangan shaxslarni pedagogik faoliyat bilan bog`liq lavozimlarga qabul qilish man etiladi.






