1

Farg`onalik tadbirkor o`z korxonasini qasddan bankrot qildi

Jinoyat 01.02.2024, 21:36
Farg`onalik tadbirkor o`z korxonasini qasddan bankrot qildi

Farg`ona shaharida MChJni qasddan bankrotlikka olib kelish holati aniqlandi. Bu haqida Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Farg`ona shahar bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fosh etildi.

 “D.” MChJ rahbari E.K. va boshqalar “N.Ph.” va “N.P.” MChJlardan jami 2,2 mlrd so`mlik dori vositalarini olib, ushbu dori vositalari sotuvidan tushgan naqd pullarini bankka topshirmasdan, jami 1,8 mlrd so`m qarzdorligini to`lamay kelgan. Ukasi E.K.ning nomiga boshqa MChJni tashkil qilib, “D.” MChJ balansidagi tovarlarni ushbu MChJ orqali realizasiya qilib, “D.” MChJni qasddan to`lovga qobiliyatsizligiga (bankrotlikka) olib kelganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 181-1-moddasi (qasddan bankrotlikka olib kelish) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1