Isroil armiyasi G`azo sektori shimolida yana bir yuqori martabali zobit halok bo`ldi. Bu haqida Zamon.uz xabar berdi.
Armiya bayonotida aytilishicha, 36 yoshli isroillik mayor Isxar Xoffman G`azo shimolidagi to`qnashuvlar chog`ida halok bo`lgan.
G`azo sektoriga hujumlar boshlangan 2023 yil 7 oktyabrdan beri o`ldirilgan isroil harbiylari soni 561 nafarga etdi, ularning 224 nafari quruqlik hujumi paytida halok bo`lgan.





