AsosiyJamiyat

Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi 800 AQSh dollari bilan ushlandi

'Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi muhandisi 800 AQSh dollari bilan ushlandi'ning rasmi

Ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog`iga qayta ulab berishni va`da qilgan muhandis ushlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Departament xabar qildi.

Departamentning Chirchiq shahar bo`limi, prokuratura va DXX xodimlari hamkorligida tadbirkorlik sub`ektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan o`tkazilgan tezkor tadbirda Chirchiq shahar elektr tarmoqlari korxonasi guruh muhandisi B.M. “C.B.” MChJga qarashli ishlab chiqarish korxonasini elektr tarmog`iga qayta ulab berishi evaziga tadbirkor Sh.dan 800 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 214-moddasi (davlat organi, davlat ishtirokidagi tashkilot yoki fuqarolarning o`zini o`zi boshqarish organi xizmatchisining qonunga xilof ravishda moddiy qimmatliklar olishi yoki mulkiy manfaatdor bo`lishi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

 

    Boshqa yangiliklar