AsosiyJamiyat

26 yildan so`ng saratonga chalinish holatlari 77 foizga ko`payadi – JSST

'26 yildan so`ng saratonga chalinish holatlari 77 foizga ko`payadi – JSST'ning rasmi

Jahon sog`liqni saqlash tashkiloti onkologik kasalliklar bo`yicha o`tkazilgan yangi tadqiqot natijalarini e`lon qildi. Unda qayd etilishicha, 2050 yilga kelib, dunyoda saratonga chalinish ko`rsatkichlari yiliga 20 milliondan 35 million holatga ko`payishi mumkin.  

O`sish dinamikasiga ta`sir ko`rsatuvchi qator omillar mavjud. Ular orasida tamaki iste`moli, spirtli ichimliklar, semirish va havo ifloslanishi asosiy o`rinni egallaydi.  

Xususan, hisobotda inson taraqqiyoti indeksi juda yuqori bo`lgan mamlakatlarda har 12 ayoldan biri ko`krak bezi saratoniga chalinishi prognoz qilingan. Shuningdek, har 71 nafar bemor ayoldan biri bu xastalik oqibatida vafot etadi.

Inson taraqqiyoti indeksi past davlatlarda esa vaziyat boshqacharoq tus olishi mumkin. Ya`ni har 27 ayoldan biriga ko`krak bezi saratoni tashxisi qo`yilib, 48 nafar bemordan biri hayotdan ko`z yumadi.  

Eslatib o`tamiz, 2022 yilda sayyoramiz bo`yicha 20 milliondan ortiq saratonga chalingan bemor va 10 millionga yaqin o`lim holatlari qayd etildi. Onkologik kasalliklardan o`lim sabablari orasida o`pka saratoni etakchilik qilgan — 18,7 foiz. Bu dard 1,8 million kishining hayotiga zomin bo`ldi.  

Ana shunday noxush holatlarning oldini olish uchun JSST 2023 yil dekabr oyida elektron sigareta iste`moli, realizasiyasi va targ`ibotini nazorat qilish hamda tartibga solish yuzasidan hukumatlarga shoshilinch tavsiyalar berdi.

 

    Boshqa yangiliklar