1

Samarqand va Jizzaxda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va`da qilganlar ushlandi

Jinoyat 02.02.2024, 13:27
Samarqand va Jizzaxda fuqarolarni xorijga ishga yuborishni va`da qilganlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung`ur tuman bo`limi tomonidan o`tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda fuqaro L.S. 7 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Angliya davlatiga ishga yuborishi evaziga jami 13 800 AQSh dollari, 510 EVRO va 6,8 mln so`mini firibgarlik yo`li bilan qo`lga kiritganligi aniqlangan.

Shu kabi, Departament hamda DXXning Jizzax viloyati boshqarmalari tomonidan o`tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro B.I. 3 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, ularni Polsha davlatiga ishga yuborishi evaziga 900 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishlari qo`zg`atilib, tergov harakatlari o`tkazilmoqda.

 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1