AsosiyJamiyat

Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`zgardi

'Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i o`zgardi'ning rasmi

Sog`liqni saqlash vazirligining tegishli buyrug`i bilan Arzikulov Turakul Sadikovich Toshkent viloyati sog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i etib tayinlandi.

Tibbiyot fanlari doktori T. Arzikulov tayinlovga qadar Sog`liqni saqlash vazirligi Tibbiy yordamni tashkillashtirish departamentida mas`ul lavozimda  faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.

T. Arzikulov 1993 yilda 2-Toshkent davlat tibbiyot institutini, 1995 yilda klinik ordinatura, 1998 yilda Rossiya xirurgiya ilmiy markazining aspirantura bosqichini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini akademik V. Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yurak ishemik xastaligi xirurgiyasi bo`limida ilmiy xodim sifatida boshlagan.

Turli yillarda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bosh direktori o`rinbosari, Surxondaryo viloyati cog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i, Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi Toshkent viloyat filiali direktori, Toshkent viloyati cog`liqni saqlash boshqarmasi boshlig`i kabi  lavozimlarda ishlagan.

 

    Boshqa yangiliklar