AsosiyJamiyat

Dam olish kunlari O`zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi

'Dam olish kunlari O`zbekistonga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi'ning rasmi

"O`zgidromet"  xabariga ko`ra, 3 fevral, shanba kuniO`zbekiston hududiga nam havoning yangi qismi kirib kelishi boshlanadi. Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida, kunning ikkinchi yarmida Samarqand, Jizzax viloyatlarida va kechga tomon Sirdaryo viloyatining ba`zi joylarida asosan yomg`ir ko`rinishidagi yog`ingarchilik bo`ladi. 

Yakshanba kuni respublika bo`yicha faqat ba`zi joylarda yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi kutilmoqda. Ba`zi joylarga tuman tushishi mumkin.

Kunduzgi harorat 3–4 fevral kunlari +3...+8 daraja atrofida bo`ladi. Kechasi harorat asosan 0...–5 daraja, ba`zi joylarda +3 darajagacha bo`ladi.

Dam olish kunlari respublika bo`yicha ba`zi joylarda shamol tezligi 15–20 metr/sekundgacha kuchayishi mumkin.

Toshkentdashanba kuni yog`ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari –2...–4 daraja, kunduz kunlari +4...+6 daraja bo`ladi. 

Yakshanba kuni biroz yog`ingarchilik (yomg`ir, qor) bo`lishi mumkin. Harorat kechasi 0...–2 daraja, kunduzi +3...+5 daraja bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar