Joriy yilning 3 fevral kuni soat 23:15 dan Qashqadaryo viloyatining Kitob tumanidan o`tgan M-39 avtomobil yo`lining “Taxtaqoracha” dovoni qalin qor yoqqanligi sababli avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bu haqda FVV matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Yo`l yopilishiga nima sabab bo`lgani aniq aytilmagan.
“Ayni daqiqalarda FVV rahbarligida tegishli tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan vaziyat oqibatlarini bartaraf etish borasida keng ko`lamli profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. “Taxtaqoracha" dovonini qayta ochilishi bo`yicha FVV Axborot xizmati qo`shimcha ma`lumot taqdim etadi”, - deyilgan rasmiy xabarda.






