Bugun O`zbekistonning yangi tayinlangan Favqulodda va Muxtor Elchisi Abdusalom Xatamov O`mon poytaxtiga tashrif buyurdi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA.
Bunga qadar u 2018–2024 yillarda O`zbekistonning Ekaterinburg (Rossiya) shahridagi Bosh konsulligini boshqargan.
52 yoshli diplomat Toshkent davlat sharqshunoslik institutini tamomlagan. Mehnat faoliyatini 1993 yilda Buxoro viloyatidagi davlat tuzilmalarida boshlagan va Buxoro davlat universitetida arab tilidan dars bergan. 1999 yildan buyon Tashqi ishlar vazirligi tizimida faoliyat yuritib kelmoqda. O`tgan yillar davomida TIVning Buxoro bo`limi, Konsullik boshqarmasi, Konsullik-huquqiy departamenti, Misr va Saudiya Arabistonidagi elchixonalarda turli lavozimlarda ishlagan.
Abdusalom Xatamov 2018–2021 yillarda O`zbekistonning O`mondagi elchixonasiga rahbarlik qilgan Anvar Abduhalimov o`rniga tayinlandi.






