AsosiyJamiyat

Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega?

'Kimlar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega?'ning rasmi

Quyidagi jismoniy shaxslar davlat hisobidan yuridik yordam olish huquqiga ega: 

1)kam ta`minlangan shaxslar, agar ular:

  • fuqarolik ishlari bo`yicha da`vogarlar yoki javobgarlar;  
  • ma`muriy ishlar bo`yicha arizachilar;  
  • ma`muriy qamoq tarzidagi ma`muriy jazo nazarda tutilgan ma`muriy huquqbuzarlikni sodir etgan shaxslar;  
  • jinoyat ishlari bo`yicha gumon qilinuvchilar, ayblanuvchilar, sudlanuvchilar, shuningdek mahkumlar bo`lsa;

2)ruhiy holati buzilgan jismoniy shaxslar, ularga “Psixiatriya yordami to`g`risida”gi Qonunga muvofiq psixiatriya yordami ko`rsatilayotganda;

3)o`z huquqlari buzilgan, “Xotin-qizlar va erkaklar uchun teng huquq hamda imkoniyatlar kafolatlari to`g`risida”gi Qonunda nazarda tutilgan xotin-qizlar va erkaklarning teng huquqliligi buzilganligi munosabati bilan sudga murojaat qilgan jismoniy shaxslar;

4)Jinoyat-prosessual kodeksiga muvofiq jinoyat ishi bo`yicha advokat ishtirok etishi shart bo`lgan taqdirda, gumon qilinuvchi, ayblanuvchi yoki sudlanuvchi.

    Boshqa yangiliklar