Majburiy ijro byuroning Uchtepa tuman bo`limi ish yurituvida, Toshkent shahar YHXBB sining mamuriy jarimalari yuzasidan karzdor Sh.H.dan 88 marta yo`l harakati qoidalariga rioya qilmay, buzish oqibatida 40,2 mln. so`m miqdorida mamuriy jarima qarzdorligini undirish belgilangan.
Qarzdorga dastlab berilgan ixtiyoriy muddatda jarima summalarini to`lamay kelgan. Oqibatda Byuroning tuman bo`limi tomonidan majburiy ijro harakatlariga kirishilib, Toshkent shaxar Yo`l harakati xafvsizligi bosh boshkarmasi bilan hamkorlikda olib borilaetgan reyd tadbirlari jarayonida harakatdan to`xtatilib, jarima mvydoniga joylashtirildi.
Bundan tashqari, 88 marta qoida buzgan qarzdor fuqaroning Fuqarolik ishlari bo`yicha Mirzo Ulug`bek tumanlararo sudining 12.06.2023 yildagi qaroriga asosan ATB Kapital bank foydasiga 52,8 mln. so`m miqdorida qarzdorligi mavjud bo`lib, “Spark” bir yo`la ikkita qarzdorlikni qoplash maqsadida auksion savdolariga chiqariladi, sotuvdan tushgan pul mablag`lari qarzdorliklarga yo`naltiriladi.






