AsosiyDunyo

Qozog`istondan o`tuvchi Ekaterinburg-Olmaota trassasida 11 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)

'Qozog`istondan o`tuvchi Ekaterinburg-Olmaota trassasida 11 ta avtomobil ishtirokida YTH sodir bo`ldi (video)'ning rasmi

Qozog`istonning Oqmo`la viloyati Ekaterinburg-Olmaota trassasida 11 ta avtomobil ishtirokida yo`l-transport hodisasi sodir bo`ldi. Bu haqda Nur.kz xabar berdi.

Polisiya ma`lumotlariga ko`ra, hodisa Ekaterinburg-Olmaota avtomobil yo`lining 1318-kilometrida, Birsuat qishlog`i yaqinida sodir bo`lgan. Voqea joyiga etib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari Toyota Camry’ning 29 yoshli haydovchisi masofani saqlay olmagani va tezlikni belgilangan me`yordan oshirib, oldinda ketayotgan Volkswagen Polo bilan to`qnashib ketganini aniqlagan.

“Yo`l-transport hodisasi oqibatida 11 ta avtomobil to`qnashib ketdi. 5 nafar jabrlanuvchi turli tan jarohatlari bilan zudlikda shifoxonaga etkazildi”, — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar