AsosiyJamiyat

Ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik etishmaydi

'Ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik etishmaydi'ning rasmi

Ayni vaqtda Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Yig`ilishda davlat rahbari Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligi faoliyatiga ham e`tiroz bildirdi.

Professional ta`lim uchun mas`ul idoralar ko`payib ketgani uchun tizim rivojlanmayapti. Ish beruvchilar va texnikumlar o`rtasida hamkorlikni yo`lga qo`yish zarur. Oliy ta`limda qamrov keskin oshdi, sohaga xususiy sektor kirib keldi. Lekin sifatga etarli e`tibor qaratilmayapti.

Masalan, talabalarning mustaqil ishlashi uchun muhit barcha oliygohlarda ham birdek namunali tashkil etilmagan. Aksariyat kollej va texnikumlar ham, oliygohlar ham ish beruvchilar talabi bilan hisoblashmaydi. Ayrimlarida darslik va adabiyotlar etishmaydi, bori ham bugungi talablarga javob bermaydi.

Ilm-fan va innovasiyalarga etti yilda 6 trillion so`mdan ziyod mablag` ajratildi. Lekin ilm-fanda “xarajat – tadqiqot – mahsulot” degan formula ishlamayotgani qayd etildi.

Umuman, ayrim rektorlarda tashabbus, intilish, fidoyilik etishmayotgani ko`rsatib o`tildi. Shu bois, oliy ta`lim, fan va innovasiyalar bo`yicha yangi vazir tayinlanib, uning oldiga professional va oliy ta`limda keskin o`zgarish qilish vazifasi qo`yildi.

    Boshqa yangiliklar