Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tmoqda. Yig`ilishda tibbiyotdagi ham kamchiliklar sanab o`tilgan.
Davlat rahbariga ko`ra, so`nggi etti yilda tizimda 7 ta vazir almashgan, lekin sohani raqamlashtirish, tibbiy sug`urtani joriy qilish sust kechmoqda.
Respublika markazlari bilan birlamchi bo`g`in o`rtasida integrasiya yo`qligi qayd etildi.
Bosh vazirga muhokama qilinayotgan sohalarda vazirlar, vazir va hokim o`rinbosarlari faoliyati bo`yicha takliflarni kiritish, har biri bilan bir yillik kontrakt tuzib, KPI belgilash topshirildi.






