AsosiyJamiyat

Endi oliy ta`limdagi “kredit tizimi” texnikumlarda ham joriy qilinadi

'Endi oliy ta`limdagi “kredit tizimi” texnikumlarda ham joriy qilinadi'ning rasmi

Avval xabar berganimizdek, ayni vaqtda Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tmoqda.

Yig`ilishda yangi o`quv yilidan boshlab texnikumlarda o`qitish “Akademik” va “Ishchi kasb” ta`lim komponentlarining uzviyligini ta`minlaydigan yangi tizim asosida yo`lga qo`yilishi aytildi. Bunda:

- kollej-texnikumning 1-2 kursidagi ta`lim dasturlari, darsliklari, bilimni baholash mezonlari va muallimlarga talablar oliygohlar bilan bir xil bo`ladi;

- texnikumlarda ham “kredit tizimi” joriy qilinib, fanni o`zlashtirish bo`yicha to`plangan “kreditlar” oliygohlarda tan olinadigan tizim bo`ladi.

Ya`ni, kollej-texnikumda ikki yil davomida etarli “kredit” to`plagan o`quvchilar “2+2” yoki “2+3” dasturlari asosida oliygohlarning ikkinchi yoki uchinchi kurslarida ta`limni davom ettirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Kollej-texnikumda o`qib, faoliyatini ishlab chiqarishda davom ettirmoqchi bo`lganlarni sohadagi mavqeini oshirish bo`yicha ham yangi tizim yo`lga qo`yiladi. Endi, kollej-texnikumda “ishchi kasb” yo`nalishida o`qiganlar ikki yoki uch yil ishlab, tajriba orttirganidan keyin, imtihon topshirib, “bakalavr”ga teng malaka darajasini olishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar