Shavkat Mirziyoev «El-yurt umidi» jamg`armasi Prezident administrasiyasi huzuriga o`tkazilishi va xorijda o`qitish bo`yicha yangi tizim joriy etilishini ma`lum qildi.
Jamg`arma hisobidan yoshlarni o`qishga yuborishda malakali va sifatli injener hamda texnologlar tayyorlashga ustuvorlik beriladi. Bu haqda Shavkat Mirziyoev raisligida ijtimoiy sohadagi ustuvor vazifalarga bag`ishlangan yig`ilishda aytildi.
Videoselektorda, shuningdek, Oliy ta`lim, fan va innovasiyalar vazirligiga 116 ta oliygohni o`rganib, ularni yiriklashtirish dasturini ishlab chiqish, ularga «milliy», «davlat» universiteti, akademiya yoki institut maqomini berishning aniq mezonlarini belgilash topshirildi.






