Prezident raisligidagi yig`ilishda Dekabr oyida ma`naviyat va madaniyat masalalari bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishda Madaniyat vazirligi va viloyat hokimlariga berilgan topshiriqlar ijrosi joylarda sust kechayotgani qayd etildi. Bu haqda Prezident Matbuot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, viloyat hokimlariga bu yil mahalliy byudjetdan mablag` ajratib, har bir tumanda sahnali zal, kutubxona, kinozal va to`garak xonalari bo`lgan 1 tadan madaniyat markazini barpo etish topshirig`i berilgan.
Lekin, bu markazlarni qaerda qurish bo`yicha manzilli ro`yxatning o`zi hali tasdiqlanmagani tanqid qilindi.
Madaniyat vazirligi tizimida “O`zbekteatr” muassasasi va “Madaniyat ta`limi markazi” faoliyatini boshlagani yo`q.
Mutasaddilar ushbu topshiriqlarning ijrosini o`z vaqtida ta`minlashi shartligi haqida ogohlantirildi.
05.02.2024 14:30
Dekabr oyida ma`naviyat va madaniyat masalalari bo`yicha o`tkazilgan yig`ilishda Madaniyat vazirligi va viloyat hokimlariga berilgan topshiriqlar ijrosi joylarda sust kechayotgani aniqlandi
